Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi
Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bosh mutaxassis
Детали
Режим работы
Полная ставка
Адрес
BioPharma City
Зарплата
По договоренности
Срок подачи
14.08.2026
Есть вопросы?
Вы можете связаться с нами напрямую для получения дополнительной информации по этой вакансии.
Описание вакансии
“Pharm Service” davlat muassasasi dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish va kuzatib borish uchun malakali bosh mutaxassisni ishga taklif etadi.
Mutaxassis ro‘yxatdan o‘tkazish dosselarini tayyorlash va tahlil qilish, hujjatlarning amaldagi talablarga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, arizachilar, ishlab chiqaruvchilar va vakolatli tashkilotlar bilan ishlash uchun mas’ul bo‘ladi.
Обязанности и задачи
- Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish dosselarini tayyorlash, tahlil qilish va kuzatib borish
- Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirish
- Hujjatlarning amaldagi normativ-huquqiy va ro‘yxatdan o‘tkazish talablariga muvofiqligini baholash
- Arizachilar, ishlab chiqaruvchilar va vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish
- Xizmat xatlari, xulosalar va boshqa tegishli hujjatlarni tayyorlash
- Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining bosqichlari va muddatlarini nazorat qilish
- Normativ-huquqiy hujjatlardagi o‘zgarishlarni muntazam o‘rganib borish
- Ichki ish jarayonlarini takomillashtirishda ishtirok etish
Требования к кандидату
- Oliy farmatsevtika ma’lumoti
- Ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘nalishida qo‘shimcha ixtisoslashuv yoki o‘quv kurslari mavjudligi afzallik hisoblanadi
- Farmatsevtika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi
- Hujjatlarni savodli va professional tarzda tayyorlash ko‘nikmasi
- Tahliliy fikrlash, mas’uliyat va tafsilotlarga e’tibor
- Ingliz tilini C1 darajasida bilish
- Rus tilini C1 darajasida bilish
- Kompyuter dasturlari va elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasi
Подать заявку на эту вакансию
Заполните форму ниже и загрузите свое резюме. Мы свяжемся с вами после рассмотрения.