NEWS
«Pharma Uzbekistan & Central Asia» xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda
«Pharma Uzbekistan & Central Asia» xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda
Ayni vaqtda Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida «Pharma Uzbekistan & Central Asia» 5-xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa davlatlardan 150 dan ortiq farmatsevtika va tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etmoqda.
Kongress doirasida 20 dan ortiq yirik investitsiya loyihasi taqdim etilib, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.